1 avgustdan haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish osonlashadi

0

Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlarni YaIDXP orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratilmoqda.

Mazkur tizim “Yo'l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko'rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hukumat Qaroriga asosan ishlab chiqildi.

Qarorga ko'ra, 2021 yil 1 avgustdan quyidagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko'rsatiladi:

Avtomototransportlar va shahar elektr transportlari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslarning o'quv guruhlarini ro'yxatga olish;

avtomototransportlar va shahar elektr transportlar haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.

Bu bilan haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi.

darakchi.uz

loading...