1 avgustdan Toshkentda bir qator avtobus yo'nalishlari o'zgaradi

0

Joriy yil 1 avgust kunidan boshlab, “Toshshahartransxizmat” AJ tarkibidagi avtobus saroylari tomonidan xizmat ko'rsatilayotgan 7 ta avtobus yo'nalishlari harakatini qisqartirish, 2 ta yangi yo'nalish ochish, 2 ta yo'nalish harakatiga o'zgartirish kiritish to'g'risida ma'lumot berilgan edi.

Harakat yo'nalishi qisqartirilishi rejalashtirilgan 56, 82, 103-sonli avtobus yo'nalishlari bo'yicha qo'shimcha o'rganishlarni o'tkazish zaruriyati yuzaga kelayotganligi sababli, ushbu yo'nalishlar harakati vaqtinchalik o'zgartirishsiz qoldiriladi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, o'tkazilgan o'rganishlar natijalari bo'yicha 2021 yil 1 avgust kunidan boshlab, 41, 32, 59-sonli avtobus yo'nalishlari harakatiga qisman o'zgartirishlar kiritiladi. Jumladan:

32-sonli “Sergeli 6-a dahasi– Gulobod ko'chasi” avtobus yo'nalishining “Erkin mavzesi”ga harakatlanishi qisqartiriladi va ushbu yo'nalishning “Sergeli 6-a mavzesi”dan harakatlanishi “Yangi Choshtepa” mavzesi orqali tashkil etiladi;
41-sonli “Chilonzor 25-dahasi – Yangi Choshtepa mavzesi” avtobus yo'nalishining “Yangi Choshtepa” mavzesidan “Chilonzor buyum bozori”gacha bo'lgan oraliqdagi harakati qisqartiriladi. Endilikda 41-sonli yo'nalish “Chilonzor 25-dahasi – Chilonzor buyum bozori” oralig'ida 5 ta jadval asosida harakatlanadi. Ma'lumot uchun, “Yangi Choshtepa” mavzesi aholisi uchun yo'lovchi transporti xizmatlaridan foydalanishdagi uzilishlarni oldini olish maqsadida, 1 avgust kunidan ushbu mavzega 32 va 86-sonli avtobus yo'nalishlari harakati yo'lga qo'yiladi;
59-sonli “Sergeli 12-dahasi – Karvon bozori” avtobus yo'nalishining so'nggi bekati “Sergeli 12-dahasi” bekatidan “Do'stlik 2-mavzesi” avtoshohbekatiga o'zgartiriladi. Endilikda 59-sonli yo'nalish “Do'stlik 2-mavzesi – Karvon bozori” oralig'ida harakatlanadi.
Yo'nalishlarni muvofiqlashtirish ishlari natijalari bo'yicha 2021 yil 1 avgustdan boshlab, 5 ta avtobus yo'nalishlari harakati qisqartiriladi, 4 ta avtobus yo'nalishlarining harakatiga o'zgartirish kiritiladi, 1 ta yangi avtobus yo'nalishi tashkil etiladi. Bular haqida batafsil quyidagi rasmlar orqali to'liq ma'lumot olishingiz mumkin.

loading...