Poytaxtda 5 ta avtomobil oldinma-ketin to'qnashdi

0

Joriy yilning 30 iyul kuni soat 19:40 larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasida «Captiva», «Cobalt», «LADA Vesta», yana bir «Cobalt» va «BMW X5» rusumli avtomobillar oldinma-ketin to'qnashishi oqibatida YTH sodir bo'ldi.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo'q.

 

-To'qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

-Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so'raymiz.

loading...