Poytaxtda avtomobil ag'darilib yonib ketdi

0

-Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, joriy yilning 31 iyul kuni soat 16:20 larda Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqumiy ko'chasida haydovchi, 1981 yilda tug'ilgan X.T. «Vaz-2114» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo'qotgan va transport vositasi ag'darilgan. Ag'darilish oqibatida avtomobilda yong'in yuzaga kelgan. Yong'in o't o'chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

-Mazkur hodisa natijasida bir nafar yo'lovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilgan.

-Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

-Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so'raymiz.

loading...