Telegram yangi funksiyalarni ishga tushirdi

0

Telegram messenjerida yangi funksiyalar paydo bo'ldi. Bu haqda messenjerning rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, endi videokonferensiya rejimida 30 nafar ishtirokchi bir vaqtning o'zida kameradan yoki ekran tasviridan video uzatishi mumkin. Bundan tashqari, videokonferensiyani birdaniga ming nafar tomoshabin ko'rishi mumkin. Mazkur funksiya yordamida foydalanuvchilar Telegram orqali ma'ruzalar, konsertlar va boshqa ommaviy tadbirlar translyatsiyalarini tomosha qila oladi.

«Video xabar almashish sizga telefoningizda keraksiz videolarni saqlamasdan, bo'layotgan voqealarni do'stlaringiz bilan tezda bo'lishish imkonini beradi. Bundan buyon video xabarlardagi tasvirlarning sifati va ravshanligi oshirildi va agar siz qabul qilgan video xabarni bosgan bo'lsangiz, u suhbatning kengligigacha kengayadi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, endi pauza tugmachasini bosib, video xabarni orqaga qaytarish yoki tez oldinga o'tkazish mumkin. Ilovaning yangilangan versiyasi 0,5, 1,5 yoki 2X tezlikni tanlab, videoyozuvni sekinlashtirish yoki tezlashtirish imkonini beradi.

Aytilishicha, bundan buyon foydalanuvchi ekranni guruhli video qo'ng'iroqlarda ham, ikki foydalanuvchi o'rtasidagi qo'ng'iroqda ham uzatishi mumkin. Bunday holda, nafaqat tasvir, balki qurilmaning ovozi ham efirga uzatiladi.

Bundan tashqari, kompyuterlar uchun Telegram ilovasida tasvir muharriri paydo bo'ldi: endilikda rasm yoki skrinshot yuborishdan oldin siz tasvirni kesishingiz yoki aylantirishingiz, unga boshqa rasm yoki stiker qo'shishingiz mumkin.

 

loading...