Tesla elektrokarlari rus tilida «gapirishni» boshladi

0

Tesla kompaniyasi o'zining elektrokarlari uchun mo'ljallangan dasturiy ta'minotning yangi versiyasini taqdim etdi. Kiritilgan yangi funksiyalar qatoridan rus tilini qo'llab-quvvatlash imkoniyati ham bor bo'lib, endilikda butun bort tizimini, jumladan, ovozli assistentni ham unga o'zgartirsa bo'ladi. Bundan tashqari, «avtomoyka» va Disney+ striming servisi uchun yangi rejim qo'shilgan, deb xabar beradi Motor.

Tesla’ning yangi dasturiy ta'minotiga rus tilidan tashqari, venger va rumin tillari ham birinchi bor qo'shilgan. Ilon Mask Tesla rasman Rossiya bozoriga kirishini va mamlakatda hatto ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishi mumkinligini aytganidan ikki oy o'tib paydo bo'ldi. Bugungi kunda Amerika markasining elektrokarlari Rossiyada sotilmoqda va ularga Moscow Tesla Club tomonidan xizmat ko'rsatilyapti.

Tesla, shuningdek, «avtomoyka» uchun maxsus Car Wash Mode rejimini ishlab chiqqan. U faollashtirilgan vaqtda elektrokar oynalarni yopadi, oyna tozalagichlarni, qo'riqlash rejimi va eshiklar qulfini o'chiradi, shuningdek, quvvatlantirish porti bloklanadi va parktronik signallari o'chadi.

Boshqa yangiliklari qatoridan orqani ko'rishga mo'ljallangan oynani avtomatik ravishda qoraytirish funksiyasini o'chirish, shuningdek, videoregistrator funksiyasini kengayitish imkoniyatlari o'rin olgan. Endilikda u xavfsizlikka bog'liq holat qayd etilganda har safar videoyozuvni saqlab qo'yadi. Bundan tashqari, Tesla’ning multimedia tizimi Disney+ striming servisini qo'llab-quvvatlaydi.

Avvalroq eng tezkor Tesla soatiga salkam 100 km tezlikka 1,99 soniyada erishgani, Tesla Model S Plaid’ning g'ayrioddiy ruli shahar sharoitida boshqarishda juda noqulay bo'lib chiqqani to'g'risida xabar berilgandi.

loading...