O'zbekistonda 1 avgustdan yangi karantin qoidalari kuchga kiradi

0

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan 1 avgust, yakshanbadan yangi karantin qoidalari kuchga kiradi. «Bugun.uz» joriy etilayotgan cheklovlar bo'yicha ma'lumot beradi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan mas'ul tashkilotlarning tegishli takliflari inobatga olinib, 2021 yilning 1 avgustidan boshlab to'yxonalarda oilaviy tantana, to'y, ma'raka va marosimlarni o'tkazish 50 kishidan ko'p bo'lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat'iy rioya etgan holda o'tkazishga ruxsat berildi.

Keyinchalik Sog'liqni saqlash vazirligi 20 iyuldan boshlab to'yxonalarda bazm o'tkazish tartibiga o'zgarish kiritilishini ma'lum qilgan. Kiritilgan o'zgarishga ko'ra, shu yil 20 iyuldan agar to'yxonalar (restoranlar)da oilaviy tantana, to'y, ma'raka va marosimlarni ochiq havoda o'tkazish imkoni bo'lmagan taqdirda sanitariya va gigiena talablariga qat'iy rioya etgan holda 50 kishidan ko'p bo'lmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) sharti bilan o'tkazishga ruxsat beriladi.

Umumiy ovqatlanish ob'yektlari — restoran va oshxonada tayyorlangan taomlarni yetkazib berish xizmati (keytering) bilan faqat soat 8:00 dan 23:00 gacha bo'lgan vaqtlarda shug'ullanishga ruxsat beriladi.

Shundan so'ng Koronavirusga qarshi kurashish shtab a'zosi Botir Qurbonov ayrim kafe va restoranlarga 20:00 dan keyin ham ishlashga ruxsat berilishini ma'lum qildi. Unga ko'ra, o'z xodimlarini to'liq emlagan oshxona, kafe, restoranlar va boshqa turdagi aholiga xizmat ko'rsatish maskanlariga cheklangan muddatdan tashqari ishlashlariga ruxsat berish amaliyoti joriy qilinadi. Shuningdek, o'z vaqtida ixtiyoriy ravishda emlangan xodimlar ish beruvchi tomonidan rag'batlantirilishi va buni rad etgan xodimlarni vaqtinchalik ishdan chetlash tartibi belgilanishi aytilgan.

loading...