Afg'onistonda bir kunda sodir bo'lgan ikkita YTH oqibatida 20 nafar odam halok bo'ldi

0

Afg'onistonning Lagman viloyatidagi tog' yo'lida soidr bo'lgan yo'l transport hodisalari oqibatida kamida 20 nafar odam halok bo'ldi va 18 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda TOLO News xabar bergan.

Ikkala yo'l transport hodisasi ham poytaxt Kobul hamda Jalolobod shahrini bir-biriga bog'lovchi Kargai hududidagi avtotrassada sodir bo'lgan.

OAV bergan axborotga ko'ra YTH oqibatida Nangarhar maorif ishlari boshqarmasi direkotorining o'rinbosari Sayid Iso Saodat va uning o'g'li hayotdan ko'z yumgan.

Bir necha kun avval Kobulda Baglan viloyatida «Tolibon» tomonidan elektr tarmoqlari ob'yektiga zarba berilganidan keyin aholining elektr ta'minotidan uzilib qolgani xabar qilingan.

Shuningdek, o'tgan haftada Afg'oniston ichki ishlar vazirligi tomonidan 31 ta viloyatda xavfsizlikka bo'layotgan tahdidlar sabab komendantlik soati joriy etilgan.

«Tolibon» hamda Afg'oniston hukumati qo'shini o'rtasidagi jangovar harakatlar Kunar, Logar, G'azni, Xost, Qandahor, Uruzgan, Forob, Balx, Jauzjan, Samangan, G'ilmon, Tahar, Qunduz, Bog'lon va Kapis viloyatlarida davom etmoqda.

daryo.uz

loading...