BOSh OG'RISA, NIMA QILISh MUMKIN EMAS?

0

 

Bosh og'risa, avvalo, osoyishtalik talab etiladi. Bosh og'riganda aslo uqalamaslik kerak. Nega deganda, og'riq vaqtinchalik bosilsa-da, keyinchalik zarar qilishi mumkin.

Bosh og'rig'ida yaxshisi oyoq kaftini uqalab, mushtlash ko'mak beradi.

Mabodo, bosh surunkali ravishda og'rib tursa, kuniga 2 marta 50 ml.dan qizil kartoshka sharbatini ichish foyda qiladi.

Og'riyotgan boshga banan po'chog'ini qo'yilsa, og'riqni yengillashtiradi.

Yong'oqning yashil po'stlog'ini olib, maydalanadi. Uni xina bilan qorishtirib, bosh sohasiga surtilsa, og'riqni daf etishda asqatadi.

Bosh og'rig'ini davolashda tog'rayhon(dushitsa) o'simligi asosidagi damlama malham bo'la oladi. Buni tayyorlash uchun 2 choy qoshiq maydalangan tog'rayhoni o'ti ustiga 400 ml. qaynoq suv qo'shiladi, yarim soat damlanadi. Keyin doka orqali suzilib, damlama bilan bosh yuviladi.

SoglomHayot

loading...