Isroil Eronni neft tankeriga hujum qilishda aybladi

0

Isroil Eronni neft tankeriga qilingan hujumda va ekipajning ikki a'zosi — Buyuk Britaniya va Ruminiya fuqarosining o'limida aybladi. Bu haqda «BBC» xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Eron hozircha bu ayblovlarga izoh bermagan. Qayd etilishicha, hodisa 30 iyulga o'tar kechasi Arab dengizida sodir bo'lgan. Ummon sohillari yaqinida Londonda joylashgan «Zodiac Maritime» kompaniyasi tomonidan boshqariladigan «Mercer Street» kimyoviy tankeriga hujum uyushtirilgan.

30 iyul kuni Isroil tashqi ishlar vaziri Yair Lapid Tehronni «Eron terrorizmida» ayblagan.
«Eron nafaqat Isroil muammosi. Dunyo jim turmasligi kerak», — degan Lapid o'z bayonotida. Eron hozircha ayblovlarga izoh bermadi. Chunki hujum tafsilotlari hozircha aniq emas. «Zodiac Maritime» kompaniyasi hujumda ekipajning ikki a'zosi halok bo'lganini tasdiqladi.

Ta'kidlanishicha, bu voqea mintaqadagi keskinlikni jiddiy ravishda kuchaytirgan. So'nggi oylarda Eron va Isroil bir-birining kemalariga hujum qilganlikda ayblangan. Ommaviy axborot vositalari kemalar shikastlangan, ammo qurbonlar haqida ma'lumot berilmagan bir qancha oldingi hodisalar haqida xabar bergan.

bugun.uz

 

loading...