Nima uchun qorong'i xonada uxlash kerak?

0

Shifokor Hilola Jumayeva:

Bosh miyamizda 1 gr atrofidagi kichkina organ mavjud. Bu organ epifiz deb nomlanadi. Kichkina bo'lishiga qaramay, organizm uchun muhim hisoblanib, ko'plab hayotiy jarayonlarni tartibga soladi. U to'liq qorong'ilikda melatonin ishlab chiqaradi. Ushbu gormon uyqu uchun javobgar bo'lib, miyaga dam olish signalini beradi.

Melatonin hisobiga mushaklar bo'shashadi, tana harorati va sezgi a'zolari faoliyatini yetarli miqdorda pasaytiradi. Bu esa yaxshi uxlashimizga yordam beradi.

Tungi chiroqlardan foydalanish, bu gormonning yetarlicha ishlab chiqarilishiga to'sqinlik qiladi. Miya aynan qorong'ilikda ushbu gormonni ishlab chiqaradi va ularning ta'minoti kun davomida yaxshi ishlashimizga yordam beradi.

loading...