UYQU NEGA QOChADI?

0
Uyquning buzilishi:
– depressiya,
– stress,
-noto'g'ri ish rejasi,
-nevrologik kasalliklar sababli bo'lishi mumkin.

Shifokor tavsiyasisiz birorta uyqu dorilarini icha ko'rmang. Uyquga yotishdan oldin kechki sayrga chiqishingiz yoki oyoqlaringizga vanna qilishingiz kerak.

Uyqu buzilishining yana bir sababi, uxlash vaqtining almashinib qolishidir. Bir kunda 6-7 soat uxlashi me'yoriy holat hisoblanadi. Bu vaqtda miya dam olib, keyingi ish kuni uchun tiklanib oladi.

Kechki uyqu 4 ta vaqtga bo'linadi. Shulardan eng shirin vaqti soat 4 dan-6 gacha hisoblanadi. Agar siz bu vaqtda uxlay olmasangiz, undan keyin ham uxlamaslikka harakat qiling. Shunda keyingi kuni o'z vaqtida uxlaysiz.

Agar shunda ham uyqungiz o'z holatiga qaytmasa, shifokor-nevropatolog ko'rigidan o'ting.

SoglomHayot

loading...