Yana bir «oliyjanob» inson ushlandi!

0

Ishtixon tumanida o'qishga kiritish bilan bog'liq firibgarlik holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani bo'limi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.B. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tanishlari orqali o'qishga kiritib qo'yish evaziga 2 700 AQSh dollarini firibgarlik yo'li bilan qo'lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.