Tokio-2020: Rustam Assakalov jahon chempioni ustidan g'alaba qozondi

0

Avval xabar qilganimizdek, Tokioda davom etayotgan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarining 12-kunida o'zbekistonlik 6 nafar sportchi bahslarga kirishi belgilangan edi.

Ayni paytda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmatining xabar qilishicha, yunon-rum kurashchimiz Rustam Assakalov Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlarini g'alaba bilan boshlaydi. U -87 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan polvonimizga gruziyalik kurashchi raqiblik qildi.

Boks bo'yicha Rio-2016dagi g'olibona yurishimiz afsuski Tokio ringlarida davom etmayapti. Hozirgina yana bir bokschimiz Elnur Abduraimov ham musobaqa bilan xayrlashdi. U chorak finalda armanistonlik Ovannes Bachkovga imkoniyatni boy berdi.


Nachora, endi yarim finalga yo'l olgan yagona vakilimiz Bahodir Jalolovdan oltin medal kutamiz.

Darvoqe, qizlar o'rtasida Rayxona Qodirovaga ham omad tilaymiz.

loading...