Bekzod Abdurahmonov qozog'istonlik kurashchini yiqitdi

0

Erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining bronza medaliga sazovor bo'ldi. Kurashchimiz shohsupaga ko'tarilish uchun kechgan bellashuvda qozog'istonlik raqibini mag'lubiyatga uchratdi.

Bu bosqichda vakilmizga 2019 yilgi JCh sovrindori Daniyar Kaysanov raqiblik qildi. Bellashuv davomida tezkor harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov yakunda o'z g'alabasini tantana qilib, delegatsiyamiz hisobiga yana bir medalni qo'shib qo'ymoqda. Shu tariqa delegatsiyamiz hisobidagi medallar 2 tadan oltin va bronzani tashkil etib turibdi.

Qayd etish joiz, 2 karra JCh sovrindori, 2 karra Osiyo o'yinlari chempioni Abdurahmonov 5 yil muqaddam Rio-2016 Olimpiadasida ushbu bosqichda imkoniyatni boy berib qo'ygan edi. Bugun u chiroyli g'alabasi bilan millionlab muxlislarimizga katta quvonch ulashdi va o'z sovrinlari orasida Olimpiada medalini ham qo'shib qo'ymoqda.

loading...