Oddiy masalliqdan shoxona taom

0

Ushbu yegulikni nafaqat issiq, balki yaxna holida ham iste'mol qilsangiz bo'ladi.

Kerakli mahsulotlar:

baqlajon — 1 dona;
qattiq pishloq — 100 g;
sarimsoq piyoz — 2 dona;
mayonez — 1 osh qoshiq;
o'simlik yog'i — 3 osh qoshiq;
tuz;
ko'katlar.

Tayyorlanish jarayoni:

Uzunasiga yupqa qilib kesilgan baqlajonga tuz seping, 5 daqiqadan keyin qog'oz paket ustiga qo'ying.
Pishloqni qirg'ichdan chiqaring, sarimsoqni maydalang.
Ko'katlar va mayonez qo'shib aralashtiring.
Baqlajonni o'simlik yog'i solingan tovada qizargunicha qovurib oling.
Har bir baqlajon bo'lagiga pishloqli aralashma surtib, rulet shaklida o'rab chiqing.
Guruch yoki kartoshkali garnir bilan qo'shib iste'mol qilsangiz bo'ladi.

loading...