Pul o'lsin!

0

Toshkent viloyatida yuridik universitetga o'qishga kiritishni va'da qilib, 18 ming dollar so'ragan erkaklar ushlandi.

Toshkent viloyatida abiturientni poytaxtdagi yuridik universitetga kiritib qo'yishni va'da qilgan erkaklar ushlandi.

Mavjud ma'lumotlarga ko'ra, huquq tartibot organlari xodimlari yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali abiturientni poytaxtdagi yuridik universitetga kiritib qo'yishni va'da qilgan 26 yoshli erkakni ushlagan. Erkak ushbu xizmat uchun 18 ming dollar talab qilgan.

 

Fuqaro ushbu pullarni avval pedagogika universitetida ishlagan 27 yoshli fuqaroga yetkazib berishi kerak bo'lgan. Tezkor tadbirlar davomida erkaklar pulni olayotgan vaqtda ushlangan. Hozirda holat bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilgan.