Baqlajon va qiymadan zapekanka

0

Yoz mavsumida baqlajondan turli xil salatlar tayyorlanadi. Pazanda bekajonlarga esa ushbu sabzavotdan ajoyib ta'mli zapekanka reseptini tavsiya etamiz.

Kerakli mahsulotlar:

piyoz – 1 dona;
qiyma go'shti – 450 gramm;
zaytun moyi – 3 osh qoshiq;
pomidor – 450 gramm;
baqlajon – 900 gramm;
tuxum – 2 dona;
sut – 1 osh qoshiq;
qattiq pishloq – 100 gramm;
ko'kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:

Piyoz mayda to'g'rab, qiyma bilan 10 daqiqa davomida yaxshilab qovuriladi.
Ustidan mayda to'g'ralgan pomidor qo'shiladi va qaynab chiqishi kutiladi.
Olov pasaytirilib, 20 daqiqaga dimlanadi.
Ko'kat, tuz va ziravorlar qo'shiladi. Baqlajon qalinligi 1 santimetr qalinlikda parrak qilib to'g'raladi.
So'ngra ular pergament qog'ozga joylashtiriladi. Ustidan tuz sepib 15 daqiqa davomida 180 darajadagi pechda pishirib olinadi.
Zapekanka qolipi yog'lanadi. Baqlajonning uchdan bir qismi qolipning eng tagiga terib chiqiladi. Qiymali aralashmaning yarmi baqlajon ustiga solinadi. Shu tarzda baqlajon, yana aralashma va yana baqlajon teriladi.
35 daqiqa davomida pechda pishiriladi.
Tuxum, tuz va sut aralashtiriladi. Aralashma zapekanka ustudan quyiladi va ta'bga ko'ra qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq sepiladi va 10-15 daqiqaga pechga qo'yiladi.

loading...