Yana odamkushlik!

0

Ota va uch bolani o'ldirishda gumon qilinib, Tojikistonning Xatlonida ikki kishi qo'lga olindi.

Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, gumonlanuvchilar bundan roppa-rosa uch oy oldin dahshatli jinoyat sodir bo'lgan Jayxun tumanining Qumsangir mahallasida ushlangan.

Ma'lumot uchun, shu yilning 12 iyun kuni Tarkok qishlog'ida noma'lum shaxslar bolta bilan 39 yoshli Ahliddin Mahmadov va uning 14, 13 va 8 yoshli uchta voyaga yetmagan o'g'lini o'ldirishgan. Latofat Azizova 11 yoshli o'g'li va qizi bilan qochishga muvaffaq bo'lgan.