Solih farrosh

0

Makkaliklardan bir kishi, Masjidul Haramda namoz va zikrdan so'ng, o'sha yerda ishlovchi farroshga sadaqa bermoqchi bo'ldi. Bunga javoban farrosh, tabassumla bank cheklari bilan to'la hamyonini ko'rsatib, muhtoj emasligini aytdi va o'z minnatdorchiligini bildirdi.
Bu javobni eshitgach ajablangan Makkalik musulmon, farroshga qarab:
– Sen kimsan, bu yerda nima qilib yuribsan? – dedi.
– Men Hindistonning har xil shaharlaridagi mehmonxonalar boshqaruvi egasiman. Vaqti-vaqti bilan olti oylik ishchi vizasi sotib olaman va Allohdan boshqa hech kimsadan biror narsa tama' qilmagan holda, xizmatlarimni qabul qilishini tilab, Uning roziligi uchun chin dildan astoydil xizmat qilaman, – deb javob berdi.

Bu javobdan hayron bo'lgan makkalik masjidning boshqa xizmatchilaridan ham bu odam to'g'risida so'ray boshladi. Xizmatchilar:
– Bu Hindistonlik musulmon aslida multimillioner bo'lib, vaqti-vaqti bilan Makkaga keladi va olti oy Masjidul Haramda Allohning roziligi uchun xizmat qilib ketadi – deb javob berishdi.