«O'rgimchak-odam»dagi «sakkizoyoq» roli bilan tanilgan 68 yoshli Alfred Molina «Muzyurak» rejissyoriga uylandi

0

«O'rgimchak-odam» filmi bilan mashhurlikka erishgan Gollivud aktyori Alfred Molina «Muzyurak» multfilmi rejissyori Jennifer Liga uylandi. Bu haqda Li o'zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».


Kadrlardan ko'rish mumkinki, to'y ixchamgina o'tgan. Marosim bog'da o'tkazilgan. Mehmonlar orasida kelin-kuyovning faqatgina yaqinlari va do'stlari bo'lgan. Xususan, Jenniferning birinchi turmushidan uch nafar farzandi va Molinaning birinchi rafiqasidan qizi.

Ta'kidlash kerakki, 68 yoshli Alfred o'zidan 16 yosh katta britaniyalik aktrisa Jill Gaskoyn bilan oila qurgan edi. U 2020 yili 83 yoshida Alsgeymer kasalligidan vafot etgan.


Molina va Jennifer Lining birgalikda tushgan suratlari ilk bor 2019 yildan boshlab tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Alfred Moliya 2002 yilda ekran yuzini ko'rgan «Frida» filmidagi meksikalik rassom Diego Rivera roli orqali mashhurlikka erishgan. Ushbu rol Molinaga BAFTA va AQSh kinoaktyorlar gildiyasi mukofotini olib kelgan. Shuningdek, 2004 yilgi «O'rimchak-odam» filmining ikkinchi qismida Otto Oktavius (Sakkizoyoq doktor) roli bilan ham tanilgan.

loading...