Boston Dynamics roboti parkur bilan shug'ullandi (video)

0

Boston Dynamics kompaniyasi ikki oyoqli Atlas robotining imkoniyatlari namoyish etilgan yangi rolik bilan bo'lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Atlas — aslida tadqiqot loyihasi: kompaniya muhandislariga samarali nazorat tizimi va qabul qilishni yaratishga yordam beradigan ilg'or mashina. «Amaliy darajada bu bizning tadqiqotlarimiz va ixtirolarimiz uchun mo'ljallangan platforma», — deydi Atlas boshqaruv bo'limi boshlig'i Benjamin Stivens.

Ayrim robototexniklar Boston Dynamics’ni kompaniya o'z mashinalari imkoniyati borasida odamlarni chalg'itayotganlikda ayblagan. E'lon qilingan video boshqa roliklar kabi robotlar doimo «to'siqlar yo'lagini» bosib o'tishni o'zi hal etayotgandek fikr uyg'otadi. Aslida, Atlas’ning harakatini muhandislar guruhi boshqarib turadi.

Shunga qaramay, hozirga kelib Atlas ulkan yutuqlarga erishgan. Avvallari robot «ko'r-ko'rona» yozilgan dasturlarni bajargan bo'lsa, endilikda atrofdagi holatni baholash orqali amalga oshirmoqda. Muhandislar uning har bir sakrashini dasturlash kerak emas. Bir nechta variantlarni hisobga olish va ikki oyoqli mashina o'z harakatini shunga moslashtirishi kifoya.

Videodan ko'rish mumkinki, robotning harakati hatto insonlarga xos — 37 soniyada Atlas platformaga sakrab chiqqan. Bir on chayqalib turgan robot muvozanatni tiklab olgan.