Mast erkak salonchi qizni…

0

Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan go'zallik salonida mast erkak bir ayolni do'pposladi. Bu haqda «Markaziy studiya» informatsion dasturida ma'lum qilindi.

Aniqlanishicha, janjal 11 avgust kuni Jomboy tumanidagi sartaroshxonaga o'g'illarini olib kelgan ayolga fuqaroning shilqimlik qilishi oqibatida kelib chiqqan tortishuv sabab sodir bo'lgan.

Shundan so'ng fuqarolar shu yerdagi go'zallik saloniga kirib, buyumlarni sindirib janjal ko'targan. Mast erkak xonada qolib ketgan ayolni tutib olib, ayovsiz do'pposlagan.

Zarbalardan hushini yo'qotgan ayol shifoxonaga olib borilgan.

«Derazalarni sindirib, ichkariga 3 yigit kirib keldi. Bizni quvib chiqarib yubordi. Opamizni kosmetolog xonasiga olib borib, vahshiylarcha kaltakladi.

Keyinroq 7—8 nafar erkak kelib, yana katta janjal bo'lib ketdi», — deydi guvohlardan biri.

Janjal, taxminan, 1 soatlar davom etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

loading...