Interpol Afg'oniston bilan aloqani to'xtatdi

0

Interpol vakilining aytishicha, mamlakatdagi noaniq siyosiy vaziyat sababli Afg'oniston uchun Interpol ma'lumotlar bazasiga kirishiga to'siq qo'yildi.

Shuningdek, na sobiq Prezident Ashraf G'ani va na boshqa biron Afg'oniston rasmiylari yuzasidan Interpolga so'rov kelib tushmaganligi ta'kidlandi.

Avvalroq Afg'oniston mudofaa vaziri Interpolni Ashraf G'anini hibsga olishga chaqirdi

Bu haqda Afg'oniston mudofaa vaziri Bismillo Xon Muhammadiy o'z tvitter sahifasida ma'lum qildi.

«Vatanini sotganlar va sotadiganlar jazolanishi kerak», deya fikrini yakunladi.

loading...