Toshkentda imkoniyati cheklangan qiz bilan janjallashgan yigit qochib ketdi. IIBB qidiruv e'lon qildi

0

Avvalroq, Chilonzor tumanida imkoniyati cheklangan yigit va qiz o'rtasidagi janjal yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo'limi tomonidan 1994 yilda tug'ilgan O'tkirjon Xolmatovga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi, O'.Xolmatov tergovdan qochib yashiringan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh imkoniyati cheklangan yigitlar o'rtasidagi janjal aks etgan video ham tarqaldi. Mazkur fuqarolarning shaxsi aniqlangan, ular bilan yuqorida qayd etilgan jinoyat ishi doirasida tergov-tezkor harakatlari o'tkazilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar! Agarda siz suratdagi O'tkirjon Xolmatovni qaerdaligini bilsangiz yoki u haqida biror ma'lumotga ega bo'lsangiz, 71-281-92-54, 71-281-94-37, 97-449-02-11, 98-337-72-22 raqamlari orqali xabar berishingizni so'raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi»,–deyiladi shahar IIB xabarida.