Bundesliga. «Bavariya» 5 ta gol urilgan o'yinda qiyin g'alabaga erishdi

0

Futbol bo'yicha Germaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan ikki o'yin 22 avgust, yakshanba kuni bo'lib o'tdi.

«Bavariya» o'z uyida «Kyoln»ni qabul qildi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi, biroq o'yinning ikkinchi yarmi gollarga boy bo'ldi. Serj Gnabrining dubli va Robert Levandovskining goliga mehmonlar Antoni Modest hamda Mark Utning aniq zarbalari bilan javob qaytardi.

«Hoffenhaym» va «Union Berlin» jamoalari o'rtasidagi bahsda tomonlar jangovar durangga imzo chekdi.

Bundesliga

2-tur bahslari

22 avgust, yakshanba

«Bavariya» — «Kyoln» 3:2

Gollar: 1:0 – 50 Levandovski, 2:0 – 58 Gnabri, 2:1 – 60 Modest, 2:2 – 62 Ut, 3:2 – 71 Gnabri.

«Bavariya»: Noyer, Nyanzu (Stanishich, 46), Zyule, Upamekano, Devis (Richards, 88), Goretska (Tolisso, 66), Kimmix, Myuller, Levandovski, Gnabri (Shupo-Moting, 76), Sane (Musiala, 46).

«Kyoln»: Horn, Exizibue, Chixos, Xorxe Mere, Hektor, Kayns (Andersson, 69), Sxiri, Lyubichich (Shaub, 76), Tilmann, Modest (Lemperle, 76), Ut (Duda, 66).

Ogohlantirishlar: Lyubichich (20), Zyule (75).

«Hoffenhaym» — «Union Berlin» 2:2

Gollar: 0:1 – 10 Gisselmann, 1:1 – 14 Akpoguma, 2:1 – 30 Bruun Larsen, 2:2 – 47 Avoniyi.

loading...