Sargardonlikka chek qo'yilsa ehtimol…

0

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha Vakil devoni “Murod” MChJga (nomlari o'zgartirilgan) Zangiota tumanidagi qurilishi tugallanmagan noturar-joy ob'yekti tuman hokimligi tomonidan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo'yilgan noturar-joy ob'yektiga kompensatsiya to'lovlari to'lab berilmayotganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati bo'yicha MChJ manfaatida tumanlararo iqtisodiy sudga da'vo ariza kiritildi.

Iqtisodiy sud tomonlarning da'vo va e'tirozlari, holat yuzasidan mutaxassislarning fikrini o'rgangan holda javobgar Zangiota tuman hokimligidan MChJ foydasiga 664,0 mln so'm kompensatsiya va 13,2 mln so'm Davlat boji undirish to'g'risida qaror qabul qildi.

Davlat rahbarining joriy yil avgust oyida tadbirkorlar bilan o'tkazilgan ochiq muloqotlari davomida hokimliklar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari oldidagi 123,0 mlrd so'mdan ortiqroq qarzlarini zudlik bilan to'lab berish to'g'risida bergan topshiriqlaridan so'ng tadbirkorlar o'z huquqlarini himoya qilishlarini so'rab eshikma-eshik sargardon bo'lishlariga chek qo'yilsa ehtimol…

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati

loading...