Urganchlik ota farzandi 18 yoshga to'lgunga qadar bo'lgan barcha aliment pulini oldindan to'lab berdi

0

Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo'limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo'yicha Urganch tumanlararo sudining 18.06.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor N.Rdan undiruvchi K.J.ning  foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor N.Rdan bir farzandini 18 yoshga to'lgunga qadar bo'lgan aliment pulini qarzdor hisob-kitob qilib berish haqida davlat ijrochisiga murojaat qilgan.

Dastlab bu haqda undiruvchi Q.Jni ogohlantirilib, farzandi 18 yoshga to'lgunga qadar bo'lgan davr uchun 107,3 mln. so'm aliment hisoblanib, qarzdor tomonidan ushbu pul mablag'i aliment uchun to'lab berilishi ta'minlangan.

Mazkur ijro hujjati bo'yicha majburiy ijro harakatlari to'xtatilib, ijro hujjati tamomlash to'g'risida qaror qabul qilingan hamda qarzdorga nisbatan qo'llanilgan cheklov va taqiqlar to'liq bekor qilingan.