Toshkent Xalqaro Kinofestivali doirasida “Kino 5 kunda” ko'rik-tanlovi o'tkaziladi

0

Besh kun davom etadigan Toshkent Xalqaro Kinofestivali o'zida bir qancha muhim jarayonlarni jamlagan bo'lib, “Kino 5 kunda” tanlovi ham shular jumlasidan. Tanlovda 30dan ortiq davlatdan tashrif buyurgan yosh rejissyorlar o'z filmlari bilan ishtirok etishadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.

“Yangi avlod kinosi” shiori ostida o'tkazilishi kutilayotgan ko'rik-tanlov qatnashchilari yurtimizning turli hududlarida bo'lib “Buyuk ipak yo'li” mavzusida qisqa metrajli filmlarni tayyorlashadi. Tanlov sharti yosh rejissyorlar o'z filmlarini 5 kun ichida suratga olib, tayyor holda topshirilishi lozim.