Turkcha bo'rek pishirishni bilasizmi?..

0

Yupqa yoyilgan xamirdan tayyorlanadigan yegulik nafaqat kattalar, balki bolalar uchun ham sevimliga aylanishiga shubha yo'q.

Kerakli mahsulotlar:

lavash yoki yupqa yoyilgan xamir — 2 dona;
pishloq — 200 g;
petrushka;
tuxum — 1 dona;
yogurt — 2 osh qoshiq;
o'simlik yog'i — 50 g.

Tayyorlanish jarayoni:

Qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni maydalangan petrushka bilan aralashtiring.
Pechga qo'yishga mo'ljallangan idishga yog' surtib xamirning bir qavatini idishdan chiqaribroq qo'ying.
Nachinkani yarmini soling.
Bitta chaqilgan tuxumga 2 osh qoshiq qatiq qo'shing.
O'simlik yog'i solib aralashtiring.
Xamirning boshqa qavati bilan yopib ustidan tuxumli aralashma surting.
Ushbu ketma-ketlikni takrorlang.
Ustiga sedana seping.
180 daraja qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib oling.

loading...