Yurtimizda 1,5 million nafardan ortiq aholi koronavirusga qarshi to'liq emlandi

0

24 avgustda mamlakatimiz hududlari bo'ylab 128 251 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo'llanildi. Ulardan:
💉1-bosqich emlanganlar 51 744 nafarni,
💉2-bosqich emlanganlar 57 118 nafarni,
💉3-bosqich emlanganlar 19 389 nafarni tashkil qildi.

❗️Ayni kungacha mamlakatimizda jami
12 959 828 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
💉1-bosqich emlanganlar 9 016 316 nafarni,
💉2-bosqichda emlanganlar 2 902 459 nafarni,
💉3-bosqich emlanganlar 1 041 053 nafarni tashkil qildi.

❗️Shu kungacha to'liq emlangan fuqarolar 1 517 199 nafarni tashkil qilmoqda.

📊Kecha emlash ko'rsatkichlari bo'yicha yuqori o'rinlarni:
📌Farg'ona viloyati (21 592 doza),
📌Namangan viloyati (21 459 doza),
📌Camarqand viloyati (13 331 doza) band qildi.

🔺Jami emlashlar bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar:
📌Farg'ona viloyatida 1 535 389 doza,
📌Namangan viloyatida 1 529 314 doza,
📌Andijon viloyatida 1 377 755 doza,
📌Samarqand viloyatida 1 236 157 doza,
📌Qashqadaryo viloyatida 1 062 552 doza,
📌Surxondaryo viloyatida 1 007 318 dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

loading...