Oson, tez va mazali!

0

Oddiy va xushta'm tortni tayyorlashga atigi yarim soat vaqt ketadi.

Kerakli mahsulotlar: 

Xamiri uchun:

un — 180-200 gr;
asal — 80 gr;
sariyog' — 100 gr;
tuxum – 3 dona;
shakar – 100 gr;
ichimlik sodasi — 1 choy qoshiq;
tuz — 1 chimdim.

Kremi uchun:

qaymoq 20%  — 400 gr;
shakar kukuni — 1 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:

Pech qizishi uchun 160 darajaga yoqib qo'ying. Asalni past olovda eritib, unga ichimlik sodasi qo'shing. Tinmay aralashtirib, karamel rangiga kirguncha past olovda 1-2 daqiqa qaynating.
Idishni olovdan olib, asalli aralashmaga sariyog' soling va to'liq eriguncha kuting.
Tuxumga bir chimdim tuz qo'shib, asta-sekin shakar qo'shgan holda mikserning maksimal tezligida 5 daqiqa ko'pirtiring.
Tuxumli massaga sovitilgan asal va sariyog' aralashmasini qo'shing.
Ustiga unni elab soling va aralashtiring.
Xamirni ikkiga bo'ling. Xamirning yarmini pergament solingan pech patnisiga quyib, tekislang.
Xamirni 160 daraja haroratda 6-8 daqiqa davomida pishiring. Xuddi shu tarzda ikkinchi xamirni ham pishirib oling.
Tayyor korjlarning chetlarini kesib oling, korjlarni 2, 3 yoki 4 bo'lakka bo'ling.
Kremi uchun qaymoqni shakar kukuni bilan aralashtiring.
Sovigan korjlarning har bir qavati, yuqori va yon tomonlariga ham krem ​​surting.
Xamir chetlaridan chiqqan bo'laklarni maydalab, tort ustiga seping.
Tayyor tortni muzlatkichga 3-4 soatga qo'ying.

loading...