Mustaqillik bayrami tadbirlari ochiq maydonlarda o'tkaziladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko'ngilochar dasturlar tashkil etiladi. Respublika maxsus komissiyasi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflarni ma'qulladi.
Bayramga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazishni ta'minlashga mas'ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiena qoidalariga qat'iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta'minlash shartligi belgilandi.