NASA noqulay ob-havo sharoiti sabab Falcon 9 raketasining parvozini kechiktirdi

0

NASA Dragon kosmik kemasi yordamida Falcon 9 raketa-tashuvchisi parvozini noqulay ob-havo sharoiti sabab bir kunga kechiktirdi. Bu haqda idora matbuot xizmati o'zining Twitter’dagi sahifasi orqali ma'lum qildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

«Noqulay ob-havo sharoiti sabab SpaceX kompaniyasining yukni yetkazib berish borasidagi bugungi missiyasi kechiktiriladi», — deyiladi xabarda.

Raketa parvozi 29 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 12:14 da amalga oshiriladi.

SpaceX kompaniyasiga tegishli Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga CRS-23 missiyasi doirasida parvoz qilib, orbitaga ilmiy tajribalar uchun materiallar, asbob-uskuna va ekipaj uchun birlamchi zarur buyumlarni eltishi kerak.

Kosmik kema parvozi Floridadagi Kanaveral burnidan Falcon 9 raketa-tashuvchisi yordamida amalga oshiriladi.

loading...