Avtomashinani yo'l chetida qoldirib, uxlab qolmang, aks holda…

0

Ish holatlariga ko'ra, Shaxzod Jo'rayev (shartli) 2020 yil iyun oyi oxirida soat 23.00 lar chamasida M.Asadovni Chust tumani, Sherbilak MFYdagi avtomobil yo'lining chetida, to'xtab turgan holatdagi avtomashinasini yonida uxlab yotganligidan foydalanib, uning bir dona bozor bahosi 2.200.000 so'mlik “SAMSUNG A 30S” rusumli telefoni, uning shaffof ko'rinishdagi telefon g'ilofi orqasida bo'lgan M.Asadovga tegishli MTZ-80 rusumli traktorining TTR № 155945 raqamli texnik pasporti, bir dona 10 turk lirasi, bir dona 20 so'mlik qirg'iz puli, bir dona 5 AQSh dollari va bir dona 100 AQSh dollari, jami 3.250.000 so'mlik mol-mulki va muhim ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlarini yashirin ravishda o'g'irlab ketib, “SAMSUNG A 30 S” rusumli uyali aloqa vositasini 2.000.000 so'mga sotib yuborib, muhim ahamiyatga ega bo'lgan rasmiy hujjat MTZ-80 rusumli traktorning TTR № 155945 seriya raqamli texnik pasportini egallab, uni yashirgan.

Sud davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi Shaxzod Jo'rayevni, guvohlarning ko'rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini va sudga taqdim etilgan dalillarni atroflicha o'rganib chiqib, Sh.Jo'rayevni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi va 227-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, qonunda belgilangan jazoni tayinladi.

Ibrohim Jabborov,

Jinoyat ishlari bo'yicha Chust utman sudi sudyasi

loading...