Britaniya malikasi Diana haqidagi «Spenser» nomli badiiy film tayyor bo'ldi

0

Britaniya malikasi Diana haqidagi «Spenser» nomli badiiy film tayyor bo'ldi. Diana rolini taniqli aktrisa Kristen Styuart ijro etgan.

Neon kompaniyasi «Spenser: malika Diana siri» filmining ilk tizerini e'lon qildi.

Stiven Nayt tomonidan ssenariy yozilgan filmda Diananing qirolicha bo'lishni istamasligini tushunib yetganini ko'rish mumkin. Dramada malikaning fojiali o'limi haqida hikoya qilinmaydi, buning o'rniga rejissor Diananing turmushidagi munosabatlari va farzandlariga bo'lgan sevgisiga urg'u berishga qaror qilgan.

loading...