Huawei displeyi surilishga qodir futuristik smartfonni patentladi

0

Huawei kompaniyasi surilib ochiladigan displey va uchtalik kameraga ega futuristik smartfonni patentladi.

Xitoy texnologik giganti old panelni, shuningdek, orqa panelning katta qismini egallaydigan displeyga ega yangi smartfonni patentladi. Ammo uning o'ziga xos jihati mazkur displeyni o'ng yon tomonidan tortib, chiqarish mumkinligida.

Patent asosida S Designer niki ostidgi grafik dizayner g'aroyib smartfon tasvirini yaratgan.

Tasvirlardan ko'rish mumkinki, smartfon displeyi 6,5 dyuymdan 11 dyuymgacha kattalashishi mumkin. Sharnir va mexanik buklanishning yo'qligi displey yuzasiga chiziq tushishining oldini oladi.

Huawei qurilmani Mate seriyasidagi smartfon sifatida taqdim etishi mumkin. Uning old tomoniga kameralar texnologiyasi, orqasiga esa oddiy uchtalik kamera joylashtirsa bo'ladi. Konsept qiziqarli, ammo bu hozircha patent ekanligi inobatga olinadigan bo'lsa, uning kelajakda paydo bo'lish-bo'lmasligi noma'lum.

Hi-Tech.Mail.ru.

 

loading...