Toshkentda 17 yoshli bola «Lasetti»ni olib qochib boshqaruvni yo'qotdi va YTH sodir etdi

0

31 avgust kuni soat 05:00 larda 2004 yilda tug'ilgan S.Q. Shayxontohur tumani, Zafarobod MFY, G.Uzoqov ko'chasida to'xtab turgan, fuqaro N.A.ga tegishli bo'lgan «Lasetti» rusumli avtomobil eshigini ochib, o't oldirgichda qoldirilgan kalit orqali transport vositasini olib qochgan.

Yo'lda avtomobil davlat raqam belgisini yechib harakatlangan va shu kuni soat 16:30 larda Yunusobod tumani, TXAY ko'chasida YTH sodir etib voqea joyida ushlangan.

YTH «Lasetti», «Neksiya», «Spark» hamda «Matiz» rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo'lib, to'qnashuv natijasida 2 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Transport vositasini olib qochish bo'yicha Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O'zbekiston Respulikasi Jinoyat Kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

loading...