Alisher Qodirov ayrim rossiyalik mansabdorlarga nisbatan sanksiya qo'llash taklifini bildirdi

0

Avvalroq rossiyalik siyosatchi Vladimir Jirinovskiy Afg'onistondagi vaziyat haqida gapirganini yozgan edik. LDPR partiyasi rahbari MO davlatlari Rossiya tarkibiga kirsagina ularga yordam berishi mumkinligini bildirgan edi.

 

Milliy tiklanish rahbari Alisher Qodirov rossiyalik hamkasbining so'zlariga javob qaytardi. Qodirov izoh bera turib Uinston Cherchill aytgan gapni iqtibos keltirdi: “… akkillagan laychalarning hammasiga tosh otaversang, manzilingga yetib borishing qiyinlashadi”.

Cherchill bu gapi bilan Jirinovskiyga o'xshagan odamlarni nazarda tutgan bo'lsa kerak. So'nggi vaqtlarda Rossiya hukumati Markaziy Osiyo davlatlarida ruslarga nisbatan hurmatsizlik qilayotgan alohida sub'yektlarga sanksiya kiritmoqda. Lekin, hukumat o'zlarining vakillari boshqa millatlarga nisbatan hurmatsizlik qilsa jim turyapti. Bu ikkiyuzlamachilik emasmi? MOda shunday chiqishlar sabab ruslar bilan aloqa yomonlashmoqda. Vatanimizga nisbatan mana shunday hurmatsizlik qilganlarga sanksiya kiritishimiz kerak, deb hisoblayman, – deydi siyosatchi.

loading...