SOG'LOM FARZAND KO'RISh UChUN NIMALARGA E'TIBOR BERISh KERAK?

0

BIRINChISI. Oilaviy hayotda poklikka, halollikka ahamiyatli bo'ling, harom-xarish yeguliklarlardan, nopok narsalar iste'molidan saqlaning.

IKKINChISI. Qarindoshlar o'rtasidagi nikoh munosabatlariga yo'l qo'ymang.

UChINChISI. O'zingizda, turmush o'rtog'ingiz yaqin qarindoshlarida nasliy kasallik, tug'ma nogironlik bor-yo'qligini aniqlash maqsadida genetik maslahatxonalarga murojaat eting.

TO'RTINChISI. Har bir ayol farzand ko'rishga layoqatli ekanini, unga tug'ish to'g'ri kelish-kelmasligini bilish uchun mutaxassisga uchrashing. Afsuski, ayrim ayollar farzand ko'raman, deb o'zlarini nobud qilishadi yoki jismonan nosog'lom farzandni dunyoga keltirishadi. Bu bilan hayotlarini ham xatarga qo'yishadi.

BEShINChISI. Farzandlar orasidagi farq o'rtacha 3 yil bo'lishi tavsiya etiladi. Chunki ona organizmi homiladorlik, tug'ish jarayonidan keyin tiklanishi, o'z holiga qaytishi uchun vaqt kerak.
Shu o'rinda muhim masalani aytib o'tamiz: bola ona sutiga to'ysin. Aks holda keyingi farzand kutilganidek sog'lom bo'lmasligi, avvalgi bola ona sutiga to'ymagani, mehr, parvarish yetarli bo'lmagani uchun turli kasalliklarga chalinishi mumkin.

OLTINChISI. Homiladorlik davrida tushkunlikdan, siqilishdan, og'ir mehnatdan, ichkilik, giyohvandlik, turli virusli, yuqumli kasalliklardan, ayollar xastaliklaridan, ovqatlanish, dam olish tartibi buzilishidan, homilaga zarar yetkazuvchi dori-darmonlardan saqlanish lozim .

“Baxtli hayot sari” kitobidan

loading...