Arzon va barakali

0

Mazkur resept asosida tayyorlangan sousni hech ikkilanmasdan go'sht va tovuqli taomlar, shuningdek, istalgan garnirga qo'shib iste'mol qilsangiz bo'ladi.

Kerakli mahsulotlar:

pomidor — 2500 g;
sarimsoq piyoz — 1 ta;
qalampir — 1-2 dona;
tuz — 0,5 osh qoshiq;
shakar — 1 osh qoshiq;
quritilgan shivit.

Tayyorlanish jarayoni:

Pomidorni bir necha daqiqa qaynagan suv soling, olgandan keyin po'stini arting.
Blenderda aralashtiring.
Baland olovga qo'yib qaynating, qaynab chiqqanidan keyin olovni pasaytiring (quyilgunicha taxminan 1-1,5 soat olovda tursin)
Sarimsoq va qalampirni maydalang.
Tuz va ziravorlar bilan qo'shib aralashtiring.
Ziravorli aralashmani pomidorga qo'shib yana 10 daqiqa qaynating.
Tayyor sousni sterillangan bankalarga solib chiqing.
Ustini issiq qilib o'rab qo'ying.

loading...