Samarqandda «Malibu» xatlangach 218 million so'mlik kredit qarzdorligi to'landi

0

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo'limi ish yurituvida fuqarolik ishlari buyicha Samarqand shahar sudining 2021 yil 21 maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor O'.D. dan undiruvchi HATB “Orient finans bank” foydasiga 218 mln. 5925 ming so'm kredit qarzdorligi undirish to'g'risidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qo'zg'atilib, qarzdorga ixtiyoriy o'n besh kunlik muddat berilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan garovga qo'yilgan “Malibu” avtomashina jarima maydonchasiga qo'yilgandan so'ng qarzdorlik bartaraf qilindi.

loading...