Suriyada muxolifat jangchilari hukumatga taslim bo'ld

0

Ma'lum qilinishicha, mahalliy yarashuv bitimining birinchi bosqichi 6 sentyabr, dushanba kuni Suriya janubidagi Dera al-Balad shahrida yakunlangan. Majburiy harbiy xizmatdan qochgan o'nlab qochoqlar ham hukumat amnistiyasidan foydalangan.

Muxolifat kuchlari a'zolari qurollarini, jumladan, tankga qarshi granatalar va ko'p sonli raketalarini Suriya armiyasiga topshirgan. Qurol berishdan bosh tortgan jangarilar oilasi bilan avtobusda Dera al-Balad shahrini tark etib, hukumatga qarshi guruhlar qo'lida bo'lgan shimoli-g'arbiy Idlib viloyatiga ketishi aytilgan.

Ta'kidlanishicha, 1 sentyabr kuni Suriya janubida mahalliy yarashuv bo'yicha yangi kelishuvga erishilgan. Qurollangan muxolifat bo'linmalari Dera al-Balad va boshqa hududlardan chiqarilgandan so'ng shaharda davlat idoralari faoliyati tiklanishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Dera viloyatining ma'muriy markazi Damashqdan 110 kilometr janubda joylashgan. Bu shaharda 2011 yilda boshlangan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari muxolifat guruhlari va Suriya armiyasi o'rtasida qurolli to'qnashuvga aylangan.

loading...