Turkiya prezidentining yangi kitobi sotuvga chiqarildi

0

Turkiyada 6 sentyabrdan mamlakat prezidenti Toyyib Erdo'g'onning «Dunyo adolatliroq bo'lishi mumkin» nomli kitobi sotuvga chiqarildi.

Kitobda Erdo'g'on global siyosat muammolariga, xususan, adolatsizlik, migratsion inqiroz, xalqaro terrorizm va islomofobiya, diskriminatsiya va ikki tomonlama standartlarga e'tibor qaratadi.

Turkiya prezidentining fikricha, BMT Xavfsizlik kengashi tub o'zgarishlarga muhtoj, u hanuz «dunyo beshta mamlakatdan iborat emas (BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari)» tamoyiliga asoslangan islohotlarga chaqirishda davom etmoqda.

Erdo'g'onning so'zlariga ko'ra, «Turkiyaning maqsadi — hokimiyatda bo'lganlarning haq bo'lishi emas, aksincha, haq bo'lganlarning hokimiyatda bo'lishini ta'minlovchi tizimni o'rnatish».

Kitobda aytilishicha, global adolat o'rnatishga mas'ul bo'lgan institutlar sust ishlamoqda. Eski davr talablariga muvofiq tashkil etilgan institutlar yordamida zamonaviy muammolarni hal qilib bo'lmaydi, bundan tashqari, bu institutlarning o'zi yangi muammolar keltirib chiqarishi aniq, ta'kidlaydi Turkiya rahbari.

«Bizning tushunchamizga ko'ra, aynan adolat dunyo bo'ylab tartibni, dunyo uchun najot va baxtiyorlikni ta'minlaydi. Odil dunyo uchun ishonch va umidni ta'minlaydigan global tartib kerak», — deb yozadi u.

Qayd etilishicha, kitobning ingliz, arab, nemis, fransuz, rus va ispan tillariga tarjima qilinishidan tushadigan mablag'larning barchasi Turkiya Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga o'tkaziladi.

RIA Novosti

loading...