Baydenning rafiqasi ilk marta Oq uydan tashqarida ish boshladi

0

Ma'lum bo'lishicha, Jo Baydenning rafiqasi kollejda akademik yozishdan dars beradi. Bu bilan u mamlakat birinchi xonimlarining 231 yillik an'anasini buzgan hisoblanadi.

Ta'kidlanishicha, AQSh birinchi xonimi Jill Bayden 7 sentyabrdan Shimoliy Virjiniya jamoatchilik kollejida ingliz tili o'qituvchisi sifatida ish boshlaydi. Shunday qilib, u tarixda to'laqonli faoliyat yuritadigan birinchi AQSh prezidenti rafiqasiga aylanadi.

«Siz almashtira olmaydigan ba'zi narsalar bor va men darsga qaytishni sabrsizlik bilan kutaman», — degan Jo Baydenning rafiqasi. Shuningdek, birinchi xonim har doim o'z karyerasini qurishni xohlaganini ta'kidlagan. Qayd etilishicha, Jill Bayden faoliyati davomida ikkita magistrlik va doktorlik ilmiy darajasini olgan. 2009 yilda Jo Bayden vitse-prezident bo'lganidan so'ng u jamoatchilik kollejida ish boshlagan. Hatto turmush o'rtog'ining prezidentlik kampaniyasi paytida ham Jill dars berishda davom etgan.

RBK

loading...