Ashraf G'ani Afg'oniston xalqidan kechirim so'radi

0

Afg'onistonning sobiq prezidenti Ashraf G'ani afg'on xalqidan mamlakatni tark etgani va mamlakatni toliblar tomonidan bosib olinishi bilan bog'liq vaziyatni o'zgartira olmagani uchun kechirim so'radi. U o'z bayonotini tvitterdagi sahifasida joylashtirgan.

«Afg'oniston xalqidan bularning barchasini boshqacha hal qila olmaganim uchun uzr so'rayman. Afg'on xalqiga bo'lgan sadoqatim mustahkam va meni umrim davomida boshqaradi», – deyiladi bayonotda.
Sobiq prezident Kobuldan ketish uning hayotidagi eng qiyin qaror ekanligini ta'kidladi, lekin u bu qon to'kilishining oldini olishning yagona yo'li ekanligiga ishondi.

«Men qurol ishlatishning oldini olish va Kobulni va uning 6 million aholisini qutqarishning yagona yo'li shu deb qaror qildim», – tushuntirdi G'ani.
«Mening rahbarligim oldingi hamkasblarim kabi bir xil – fojia bilan tugaganidan qattiq afsusdaman, barqarorlik va farovonlik ta'minlanmadi. Hamma narsani boshqacha hal qila olmaganim uchun afg'on xalqidan uzr so'rayman», – dedi u o'z bayonotida.
Ashraf G'ani afg'on xalqiga tegishli millionlab dollarlarni o'zi bilan olib ketgani haqidagi ma'lumotni yana bir bor rad etdi.

«Bu ayblovlar mutlaqo yolg'on. Korrupsiya – bu o'nlab yillar davomida mamlakatimizni cho'ktirib yuborgan vabo va korrupsiyaga qarshi kurash mening prezidentlik faoliyatimning asosiy yo'nalishi bo'ldi», – dedi Afg'oniston sobiq prezidenti.

loading...