“Xurmacha qiliqlar”: ijtimoiy tarmoq orqali so'kingan o'quvchi qizlarga chora ko'riladi

0

Kun kecha ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi maktablardan birida dars payti jonli efirga chiqib, behayo so'zlarni ishlatgan o'quvchi qizlar videosi tarqaldi.

Viloyat IIB matbuot xizmati ushbu o'quvchi qizlarning shaxsiga aniqlik kiritilganini ma'lum qildi.

Surishtiruv davomida ular Navoiy shahridagi 10-sonli maktab o'quvchi qizlari 2005 yilda tug'ilgan J.A., T.J. va R.J. ekanligi aniqlangan. Holat 8 sentyabr kuni huquq fani darsida tasvirga olingan.

Holat yuzasidan o'sha maktab direktori, o'quvchilarning ota-onalari, shuningdek, Navoiy shahar IIB XPB VEB inspektor-psixologlari ishtirokida muhokama tashkil qilindi.

Qizlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan. Ular qilgan ishidan chin dildan pushaymon bo'lib, uzr so'rashgan.

Hozirda holat yuzasidan yig'ilgan materiallar qonuniy chora ko'rish maqsadida Navoiy shahar hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar komissiyasiga yuborilgan.

 

loading...