“Qor malikasi”: Lina Cheryazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik o'rnatildi

0

“Qor malikasi”: Lina Cheryazovaning qabri obodonlashtirilib, yodgorlik o'rnatildi.

Lina Cheryazovaning xotirasini abadiylashtirish maqsadida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining moddiy va ma'naviy ko'magi bilan Novosibirsk shahrida Kleshchinskiy qabristoniga yodgorlik o'rnatildi.

Cheryazovaning o'zbek sporti rivoji yo'lidagi buyuk xizmatlari O'zbekiston hukumati tomonidan munosib e'tirof etilgan va O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni hamda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Qishki sport turlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Lina Cheryazova tom ma'noda “Qor malikasi” sifatida e'tirof etildi va jahon sportining haqiqiy afsonasiga aylandi.

Uzoq davom etgan va og'ir kasalliklardan so'ng 2019 yil 23 martda Lina Cheryazovaning yuragi urishdan to'xtadi. U umrining so'nggi yillarini Rossiyaning Novosibirsk shahrida o'tkazdi va Kleshchinskiy qabristoniga dafn etildi.

 

loading...