Yaponiyada koronavirus tufayli favqulodda holat yana uzaytirildi

0

Yaponiya hukumati Tokioda va boshqa ko'plab hududlarda COVID-19 tufayli joriy etilgan favqulodda holatni uzaytirish to'g'risida qaror qabul qildi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Yaponiyaning 47 ta prefekturasidan 21 tasini qamrab oladigan favqulodda holat tugashi kerak edi. Biroq, u 30 sentyabrgacha 19 ta prefekturada, shu jumladan, Xokkaydo, Aychi, Osaka va Fukuokada ham o'z kuchida qoladigan bo'ldi.

Bosh vazir Yosixide Suganing aytishicha, butun mamlakat bo'ylab virusni yuqtirish holatlari kamaygan, ammo og'ir alomatlari bo'lgan bemorlar hali ham ko'p.

«Biz yangi infeksiya to'lqinlariga tayyor bo'lishimiz kerak, lekin ayni paytda koronavirus sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy sohada ishlashni davom ettiramiz», — dedi u matbuot anjumanida.

So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, Yaponiya aholisining 49 foizi COVID-19 ga qarshi vaksinaning ikki komponenti bilan emlangan.

Favqulodda holat 12 iyulda Tokioda kuchga kirdi va tomoshabinlarsiz o'tkazilgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ikki marta uzaytirildi. Avgust oyining o'rtalarida butun mamlakat bo'ylab har kuni infeksiya yuqtirish holatlari soni 25 mingdan oshdi, ammo o'sha paytdan beri yangi holatlar deyarli ikki baravar kamaygan.

Hukumatga koronavirusning oldini olish bo'yicha maslahat beradigan bir guruh ekspertlar favqulodda holatni faqat kasalxonadagi o'rinlar 50 foizdan kam bo'lganida va og'ir yoki o'rtacha alomatlari bo'lgan bemorlar soni kamayganda bekor qilish kerakligini aytdi.

rg.ru

loading...