Gollivud yulduzlariga quyib qo'ygandek o'xshaydigan odamlar

0

Tashqi ko'rinishiga nazar tashlab, kim aslida kim ekanini bilish mushkul bo'lgan dunyoning turli burchagida istiqomat qiladigan odamlar suratini e'tiboringizga havola qilamiz

Politsiyachi Dueyn Jonson

Alabamada Gollivud yulduziga ikki tomchi suvdek o'xshash kishi yashaydi. U politsiya xodimi sifatida faoliyat olib boradi. Ularning suratlariga nazar tashlab qay biri haqiqiy aktyor ekanini bilish qiyin.

Yana bir Tomas Shelbi

Ko'rinishidan Tomas Shelbining egizagidek tasavvur uyg'otadigan Skott Bloverning ham kelib chiqishi aktyor singari angliyalik. O'xshashligini o'zi ham yaxshi bilgan Skott  Tomasning filmlardagi obraziga taqlid qilgan holda kiyinadi.

Rossiyalik Shvarsenegger

TikTok sabab kamida ikkita «terminator» borligi, ulardan biri esa Rossiyada yashashi ma'lum bo'lgan. O'zini Arniga o'xshash deb hisoblovchi havaskorning Shvarsenegger singari o'zini tutishi va nigoh tashlashi tasvirlagan videolari million martalab tomosha qilinadi.

Haydovchi Kruz

Gollivud yulduzi Tom Kruzga quyib qo'ygandek inson — sportchi. U «Formula 1»da mashina haydaydi. Meksikalik Serxio Peres muxlislar, ayniqsa, Yaponiyada uni «Uddalab bo'lmas topshiriq»dagi kumiri bilan adashtirganini ta'kidlagan.

Yana bir Di Kaprio

Jeyms Reynolds ismli yigit Di Kaprioga o'xshashi bilan TikTok’da mashhur bo'lgan. Bunga Kodi ismli bloger tarqatgan video sabab bo'lgan. «Bu yigit xuddi Leonardo Di Kaprioga o'xshaydi», — deb yozib qoldirgan u videoga izoh sifatida. Millionlab muxlislar uning fikriga qo'shilgan.

 

loading...